وَعَنْ سَهْلِ بْنِ الْحَنْظَلِيَّةِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ سَأَلَ وَعِنْدَهُ مَا يُغْنِيهِ فَإِنَّمَا يَسْتَكْثِرُ مِنَ النَّارِ» . قَالَ النُّفَيْلِيُّ. وَهُوَ أَحَدُ رُوَاتِهِ فِي مَوْضِعٍ آخر: وَمَا الْغنى الَّذِي لَا يَنْبَغِي مَعَهُ الْمَسْأَلَةُ؟ قَالَ: «قَدْرُ مَا يُغَدِّيهِ وَيُعَشِّيهِ» . وَقَالَ فِي مَوْضِعٍ آخَرَ: «أَنْ يَكُونَ لَهُ شِبَعُ يَوْمٍ أَوْ لَيْلَةٍ وَيَوْمٍ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Sahl ibn Hanzaliyya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ huzurlariga Uyayna ibn Hisn va Aqraʼ ibn Hobis keldi va u zotdan (mol) soʻradilar. U zot ularga soʻraganlarini berishni buyurdilar va Muoviyaga amr qildilar, u esa ular soʻragan narsani (rasmiy hujjat qilib) yozib berdi. Aqraʼ oʻz hujjatini olib sallasiga oʻradi-da, ketdi. Uyayna esa oʻz hujjatini olib, oʻsha joyda Nabiy ﷺ huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, men qavmimga ichida nima borligini bilmaydigan, Mutalammisning xatiga oʻxshagan bir xatni olib boraman, deb oʻylaysizmi?» dedi. Muoviya uning bu soʻzini Rasululloh ﷺga xabar qildi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Kimning oʻzini beozor qiladigan narsasi boʻla turib soʻrasa, faqat oʻziga doʻzaxdan koʻproq (azob) talab qilgan boʻladi», dedilar. Nufayliy boshqa bir joyda: «Jahannam choʻgʻidan», deb (rivoyat) qildi. Shunda ular: «Yo Rasululloh, uni beozor qiladigan narsa nima?» dedilar. Nufayliy boshqa bir joyda: «Soʻrashni tark etishni lozim qiladigan boylik nima?» (deb) (rivoyat qildi). U zot: «Ertalab va kechqurun ovqatlana oladigan miqdoridir», dedilar. Nufayliy boshqa bir joyda: «Bir kun-tunga yoki bir tun-kunga yetadigan toʻyimli ovqati boʻlishidir», (deb rivoyat qildi). U (Nufayliy) buni bizga zikr qilingan mana shu lafzlar bilan ixchamlangan holda rivoyat qilgan edi.