وَعَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ عَنْ رَجُلٍ مِنْ بَنِي أَسَدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ سَأَلَ مِنْكُمْ وَلَهُ أُوقِيَّةٌ أَوْ عَدْلُهَا فَقَدْ سَأَلَ إِلْحَافًا» . رَوَاهُ مَالك وَأَبُو دَاوُد وَالنَّسَائِيّ
Ato ibn Yasordan rivoyat qilinishicha, Banu Asaddan boʻlgan bir kishi aytdi: Men va ahlim Baqiul Gʻarqadga tushdik. Ahlim menga: «Rasululloh ﷺning oldilariga borib, bizga yeydigan biror narsa soʻrab kel», dedi. Men Rasululloh ﷺning oldilariga bordim. U zotning huzurlarida biror narsa soʻrayotgan bir kishini koʻrdim. Rasululloh ﷺ: «Senga beradigan narsam yoʻq», deyar edilar. Kishi gʻazablangan holda: «Umrimga qasamki, sen istagan kishingga berasan», deb u zotdan yuz oʻgirib ketdi. Rasululloh ﷺ: «Unga beradigan narsam yoʻqligi uchun u menga gʻazablanyapti. Sizlardan kim bir uqiya yoki uning muqobili boʻla turib soʻrasa, u qattiq turib soʻragan (ilhof qilgan) boʻladi», dedilar. Asadiy aytdi: shunda men: «Sogʻin tuyamiz bir uqiyadan yaxshiroq — uqiya esa qirq dirham edi», dedim-da, u zotdan soʻramay qaytdim. Shundan soʻng Rasululloh ﷺga arpa va mayiz kelib, u zot bizga ham undan boʻlib berdilar, hatto Alloh azza va jalla bizni beniyoz qildi.