وَعَنْ حُبْشِيِّ بْنِ جُنَادَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " إِنَّ الْمَسْأَلَةَ لَا تَحِلُّ لِغَنِيٍّ وَلَا لِذِي مِرَّةٍ سَوِيٍّ إِلَّا لِذِي فَقْرٍ مُدْقِعٍ أَوْ غُرْمٍ مُفْظِعٍ وَمَنْ سَأَلَ النَّاسَ لِيُثْرِيَ بِهِ مَالَهُ: كَانَ خُمُوشًا فِي وَجْهِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَرَضْفًا يَأْكُلُهُ مِنْ جَهَنَّمَ فَمَنْ شَاءَ فَلْيَقُلْ وَمَنْ شَاءَ فليكثر ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Hubshiy ibn Junoda as-Saluliy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Men Vidoʼ hajjida Rasululloh ﷺni eshitdim. U zot Arafotda turgan edilar, oldilariga bir aʼrobiy kelib, ridolarining etagidan ushladi-da, undan (sadaqa) soʻradi. U zot unga berdilar, u esa ketdi. Ana shunda tilanish harom qilindi. Rasululloh ﷺ: ‹Albatta, tilanish boyga ham, badani sogʻlom kuchli kishiga ham halol boʻlmaydi, magar qattiq qashshoqlikka tushgan yoki ogʻir qarzga botgan kishiga (mustasno). Kim molini koʻpaytirish uchun odamlardan soʻrasa, (bu mol) qiyomat kunida uning yuzida tirnoq yarasi va jahannamdan (boʻlib) u yeydigan qizigan toshlar boʻladi. Bas, kim xohlasa, (soʻrashni) kamaytirsin, kim xohlasa, koʻpaytirsin (oqibatini bilib qoʻysin)›, dedilar», dedi.