وَعَن ابْن عَبَّاس قَالَ ك سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَا مِنْ مُسْلِمٍ كَسَا مُسْلِمًا ثَوْبًا إِلَّا كَانَ فِي حفظ من الله مادام عَلَيْهِ مِنْهُ خرقَة» . رَوَاهُ أَحْمد وَالتِّرْمِذِيّ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, (Husayn shunday dedi): Bir tilanchi kelib, Ibn Abbosdan (biror narsa) soʻradi. Ibn Abbos tilanchiga: «Allohdan oʻzga iloh yoʻq deb guvohlik berasanmi?» dedi. U: «Ha», dedi. «Muhammad Allohning Rasuli deb guvohlik berasanmi?» dedi. U: «Ha», dedi. «Ramazonda roʻza tutasanmi?» dedi. U: «Ha», dedi. (Ibn Abbos): «Soʻrading, tilanchining haqqi bor. Albatta senga (yaxshilik) ila bogʻlanishimiz bizning zimmamizdagi haqdir», dedi va unga bir kiyim berdi. Soʻng: «Men Rasululloh ﷺning shunday deyayotganlarini eshitganman: ‹Qaysi bir musulmon boshqa bir musulmonga kiyim kiydirsa, undan bir parcha matoh ustida turar ekan, u Allohning panohida boʻladi›, dedilar», dedi. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis bu yoʻldan hasan gʻaribdir.