وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُخْبِرُكُمْ بِخَيْرِ النَّاسِ؟ رَجُلٌ مُمْسِكٌ بِعِنَانِ فَرَسِهِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ. أَلَا أُخْبِرُكُمْ بِالَّذِي يَتْلُوهُ؟ رَجُلٌ مُعْتَزِلٌ فِي غُنَيْمَةٍ لَهُ يُؤَدِّي حَقَّ اللَّهِ فِيهَا. أَلَا أُخْبِرُكُمْ بِشَرِّ النَّاسِ رَجُلٌ يُسْأَلُ بِاللَّهِ وَلَا يُعْطِي بِهِ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَالدَّارِمِيّ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Paygʻambar ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Sizlarga odamlarning eng yaxshisini xabar bermaymi? — Alloh yoʻlida otining jilovini ushlab turgan kishi. Sizlarga undan keyingisini xabar bermaymi? — oʻz qoʻylari bilan (xilvatga) chetlangan, ulardagi Allohning haqqini ado etadigan kishi. Sizlarga odamlarning eng yomonini xabar bermaymi? — Allohning (nomi) bilan soʻralib, Uning (nomi) bilan (hech narsa) bermaydigan kishi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis bu yoʻldan hasan gʻaribdir. Bu hadis Ibn Abbosdan Paygʻambar ﷺdan boshqa yoʻllar bilan ham rivoyat qilinadi.