وَعَنْ سَعْدٍ قَالَ: لَمَّا بَايَعَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ النِّسَاءُ قَامَتِ امْرَأَةٌ جَلِيلَةٌ كَأَنَّهَا مِنْ نِسَاءِ مُضَرَ فَقَالَتْ: يَا نَبِيَّ اللَّهِ إِنَّا كَلٌّ عَلَى آبَائِنَا وَأَبْنَائِنَا وَأَزْوَاجِنَا فَمَا يَحِلُّ لَنَا مِنْ أَمْوَالِهِمْ؟ قَالَ: «الرطب تأكلنه وتهدينه» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ayollardan bayʼat olganlarida, goʻyo Muzar ayollaridan boʻlmish ulugʻvor bir ayol oʻrnidan turib: «Ey Allohning Nabiysi, biz ota-onalarimiz va farzandlarimizning (qaramogʻidamiz)» — dedi (Abu Dovud aytdi: Men bunda «va erlarimizning» degan soʻz ham bor deb oʻylayman) — «(ularning) mollaridan bizga nima halol boʻladi?» (Rasululloh ﷺ): «Yangi (taom)dan yeysizlar va (boshqalarga) hadya qilasizlar» — dedilar. Abu Dovud aytdi: Ratb (yangi taom) — non, koʻkat va yangi xurmodir. Abu Dovud aytdi: Savriy ham Yunusdan shunga oʻxshash rivoyat qildi.