عَنْ عُمَيْرٍ مَوْلَى آبِي اللَّحْمِ قَالَ: أَمَرَنِي مَوْلَايَ أَنْ أُقَدِّدَ لَحْمًا فَجَاءَنِي مِسْكِينٌ فَأَطْعَمْتُهُ مِنْهُ فَعَلِمَ بِذَلِكَ مَوْلَايَ فَضَرَبَنِي فَأَتَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَذَكَرْتُ ذَلِكَ لَهُ فَدَعَاهُ فَقَالَ: «لِمَ ضَرَبْتَهُ؟» فَقَالَ يُعْطِي طَعَامِي بِغَيْرِ أَنْ آمُرَهُ فَقَالَ: «الْأَجْرُ بَيْنَكُمَا» . وَفِي رِوَايَةٍ قَالَ: كُنْتُ مَمْلُوكًا فَسَأَلْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أأتصدق مِنْ مَالِ مَوَالِيَّ بِشَيْءٍ؟ قَالَ: «نَعَمْ وَالْأَجْرُ بَيْنَكُمَا نِصْفَانِ» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Abul-Lahmning ozod qilingan quli Umayr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: xojam menga goʻshtni qoqlab (qoqlama qilib) qoʻyishni buyurdi. Shunda oldimga bir miskin keldi va men unga oʻsha (goʻshtdan) yedirdim. Xojam buni bilib qoldi-da, meni urdi. Men Rasululloh ﷺ ning oldilariga kelib, buni u zotga aytdim. U zot uni (xojani) chaqirib: «Nega uni urding?» dedilar. U: «Buyurmaganim holda mening taomimni (boshqaga) beradi», dedi. Shunda u zot: «Ajr ikkovingiz orasida (boʻlinadi)», dedilar.