وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أُنَيْسٍ قَالَ: قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ لِي بَادِيَةً أَكُونُ فِيهَا وَأَنا أُصَلِّي فِيهَا بِحَمْد الله فَمُرْنِي بِلَيْلَةٍ أَنْزِلُهَا إِلَى هَذَا الْمَسْجِدِ فَقَالَ: «انْزِلْ لَيْلَة ثَلَاث وَعشْرين» . قيل لِابْنِهِ: كَيْفَ كَانَ أَبُوكَ يَصْنَعُ؟ قَالَ: كَانَ يَدْخُلُ الْمَسْجِدَ إِذَا صَلَّى الْعَصْرَ فَلَا يَخْرُجُ مِنْهُ لِحَاجَةٍ حَتَّى يُصَلِّيَ الصُّبْحَ فَإِذَا صَلَّى الصُّبْحَ وَجَدَ دَابَّتَهُ عَلَى بَابِ الْمَسْجِدِ فَجَلَسَ عَلَيْهَا وَلحق بباديته. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abdulloh ibn Unays al-Juhaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, u shunday dedi: Men: «Yo Rasululloh! Mening choʻlda (sahroda) yashaydigan joyim bor, Allohga hamd, men oʻsha yerda namoz oʻqiyman. Bas, menga shu masjidga (qaysi) kechada tushishimni buyuring», dedim. Shunda u zot: «Yigirma uchinchi kechada tushgin», dedilar. (Muhammad ibn Ibrohim) uning (Abdulloh ibn Unaysning) oʻgʻliga: «Otang qanday qilar edi?» dedim. U: «U asr namozini oʻqigach masjidga kirar va subh namozini oʻqigunicha biror hojat uchun undan chiqmas edi. Subh namozini oʻqib boʻlgach, masjid eshigi oldida ulovini topib, unga minib choʻliga (sahrosiga) qaytar edi», dedi.