عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ قَالَ: خَرَجَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِيُخْبِرَنَا بِلَيْلَةِ الْقَدْرِ فَتَلَاحَى رَجُلَانِ مِنَ الْمُسْلِمِينَ فَقَالَ: «خَرَجْتُ لِأُخْبِرَكُمْ بِلَيْلَةِ الْقَدْرِ فَتَلَاحَى فُلَانٌ وَفُلَانٌ فَرُفِعَتْ وَعَسَى أَنْ يَكُونَ خَيْرًا لَكُمْ فَالْتَمِسُوهَا فِي التَّاسِعَةِ وَالسَّابِعَة وَالْخَامِسَة» . رَوَاهُ البُخَارِيّ
Ubada ibn Somit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ bizga Qadr kechasi haqida (xabar) berish uchun (masjidga) chiqdi, lekin ikki musulmon bir-biri bilan janjallashayotgan edi. Bas, Paygʻambar ﷺ: «Men sizlarga Qadr kechasi haqida (xabar) berish uchun chiqgan edim, lekin falon-falon (kishilar) janjallashayotgan edi; shuning uchun u haqdagi (xabar — aniq sanasi) koʻtarib olib qoʻyildi. Balki bu siz uchun yaxshiroqdir. Bas, uni (Ramazonning) yigirma toʻqqizinchi, yigirma yettinchi va yigirma beshinchi (kechalarida) izlanglar», — dedilar.