وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: ضَرَبَ بَعْضِ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خِبَاءَهُ عَلَى قَبْرٍ وَهُوَ لَا يَحْسَبُ أَنَّهُ قَبْرٌ فَإِذَا فِيهِ إِنْسَان يَقْرَأُ سُورَةَ (تَبَارَكَ الَّذِي بِيَدِهِ الْمُلْكُ) حَتَّى خَتَمَهَا فَأَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَخْبَرَهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «هِيَ الْمَانِعَةُ هِيَ الْمُنْجِيَةُ تُنْجِيهِ مِنْ عَذَابِ الْقَبْر» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيث غَرِيب
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺning sahobalaridan biri qabr ustiga chodirini tikdi, u uning qabr ekanini bilmasdi. Birdan chodir ichida bir kishi ‹Tabaarakallaziy biyadihil-mulk› surasini oxirigacha oʻqib turganini eshitdi. U Nabiy ﷺning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, men chodirimni bir qabr ustiga tikdim, uning qabr ekanini bilmagandim. Birdan chodir ichida bir kishi ‹Tabaarakal-mulk› surasini oxirigacha oʻqiyotganini eshitdim», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «U (sura) toʻsuvchidir, u qutqaruvchidir, uni qabr azobidan qutqaradi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis shu yoʻldan hasan gʻaribdir. Bu bobda Abu Hurayradan ham (rivoyat) bor.