وَعَنْ جَابِرٌ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ لَا يَنَامُ حَتَّى يَقْرَأَ: (آلم تَنْزِيل) و (تَبَارَكَ الَّذِي بِيَدِهِ الْمُلْكُ) رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالدَّارِمِيُّ وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ: هَذَا حَدِيثٌ صَحِيحٌ. وَكَذَا فِي شرح السّنة. وَفِي المصابيح
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ {Alif, Lom, Mim. Tanziyl} (Sajda surasi) va {Tabaarakallaziy biyadihil-mulk} (Mulk surasi)ni oʻqimaguncha uxlamas edilar. Abu Iso aytdi: Bu hadisni bir nechta (rovi) Lays ibn Abu Sulaymdan shunga oʻxshash rivoyat qilgan. Uni Mugʻiyra ibn Muslim ham Abuz-Zubayrdan, u Jobirdan, u Nabiy ﷺdan shunga oʻxshash rivoyat qilgan. Zuhayr esa rivoyat qilib aytdi: Men Abuz-Zubayrga: «Sen Jobirdan bu hadisni zikr qilganini eshitganmisan?» dedim. Abuz-Zubayr: «Buni menga faqat Safvon yoki Ibn Safvon xabar bergan», dedi. Goʻyo Zuhayr bu hadis Abuz-Zubayrdan, u Jobirdan boʻlishini inkor qilgandek edi. Tovus aytdi: Bu ikki (sura) Qurʼonning har bir surasidan yetmish hasana bilan ortiqdir.