وَعَنْ أَنَسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مِنْ أَرَادَ أَنْ يَنَامَ عَلَى فِرَاشِهِ فَنَامَ عَلَى يَمِينِهِ ثُمَّ قَرَأَ مِائَةَ مَرَّةٍ (قل هُوَ الله أحد) إِذا كَانَ يَوْم الْقِيَامَةِ يَقُولُ لَهُ الرَّبُّ: يَا عَبْدِي ادْخُلْ عَلَى يَمِينِكَ الْجَنَّةَ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Kim har kuni {Qul huvallohu ahad}ni ikki yuz marta oʻqisa, undan ellik yillik gunohlar oʻchiriladi, faqat uning zimmasida qarz boʻlmasa», dedilar. Yana shu isnod bilan Nabiy ﷺdan (rivoyat qilinadi): U zot: «Kim oʻrniga (uxlash uchun) yotmoqchi boʻlib, oʻng yoni bilan yotsa, soʻng {Qul huvallohu ahad}ni yuz marta oʻqisa, qiyomat kuni boʻlganida Robb unga: ‹Ey bandam, oʻng tomoningdan jannatga kir›, deydi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis Sobitdan, u Anasdan (rivoyatida) gʻaribdir. Bu hadis Sobitdan boshqa yoʻl bilan ham rivoyat qilingan.