وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سَمِعَ رَجُلًا يَقْرَأُ (قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ) فَقَالَ: «وَجَبَتْ» قُلْتُ: وَمَا وَجَبَتْ؟ قَالَ: «الْجنَّة» . رَوَاهُ مَالك وَالتِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ bir kishining {Ayting: ‹U — Alloh yagonadir›} (surasi)ni oʻqiyotganini eshitib: «Vojib boʻldi», dedilar. Men: «Nima vojib boʻldi?» deb soʻradim. U zot: «Jannat», dedilar. Molik, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan.