وَعَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ عَنِ ابْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُقَطِّعُ قِرَاءَتَهُ يَقُولُ: الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ ثُمَّ يَقِفُ ثُمَّ يَقُولُ: الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ ثُمَّ يَقِفُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: لَيْسَ إِسْنَادُهُ بِمُتَّصِلٍ لِأَنَّ اللَّيْثَ رَوَى هَذَا الْحَدِيثَ عَنِ ابْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ عَنْ يَعْلَى بْنِ مَمْلَكٍ عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ وَحَدِيثُ اللَّيْث أصح
Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ qiroatlarini boʻlib-boʻlib oʻqirdilar: {Alhamdu lillahi rabbil-olamiyn} deb, soʻng toʻxtardilar; {ar-Rahmanir-rahiym} deb, soʻng toʻxtardilar; va uni {Maliki yavmid-diyn} deb oʻqirdilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir. Abu Ubayd shunga koʻra oʻqiydi va shuni ixtiyor qiladi. Yahyo ibn Said al-Amaviy va boshqalar shu tarzda Ibn Jurayjdan, u Ibn Abu Mulaykadan, u Ummu Saladan rivoyat qilganlar, biroq uning isnodi muttasil emas. Chunki Lays ibn Saʼd bu hadisni Ibn Abu Mulaykadan, u Yaʼlo ibn Mamlakdan, u Ummu Saladan rivoyat qilgan boʻlib, unda Ummu Sala Paygʻambar ﷺning qiroatlarini harf-baharf vasf qilgan. Laysning hadisi sahihroqdir va Laysning hadisida «uni {Maliki yavmid-diyn} deb oʻqirdilar» degan soʻz yoʻq.