عَنْ جَابِرٍ قَالَ: خَرَجَ عَلَيْنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَنَحْنُ نَقْرَأُ الْقُرْآنَ وَفينَا الْأَعرَابِي والأعجمي قَالَ: «اقرؤوا فَكُلٌّ حَسَنٌ وَسَيَجِيءُ أَقْوَامٌ يُقِيمُونَهُ كَمَا يُقَامُ الْقِدْحُ يَتَعَجَّلُونَهُ وَلَا يَتَأَجَّلُونَهُ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الْإِيمَانِ
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Biz Qurʼon oʻqib turgan, oramizda badaviy aʼrobiy ham, arab boʻlmagan ajamiy ham bor edi. Shunda Rasululloh ﷺ huzurimizga chiqib keldilar-da: «Oʻqiyveringlar, hammasi yaxshi. Yaqinda shunday qavmlar paydo boʻladiki, ular uni (Qurʼonni) oʻqni toʻgʻrilangandek toʻgʻrilab (chiroyli) oʻqiydilar, (lekin) uni (savobini) shu dunyoda tezda olib qoʻyadilar, oxiratga qoldirmaydilar», dedilar.