وَعَنْ حُذَيْفَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم: «اقرؤوا الْقُرْآنَ بِلُحُونِ الْعَرَبِ وَأَصْوَاتِهَا وَإِيَّاكُمْ وَلُحُونَ أَهْلِ الْعِشْق وَلُحُون أهل الْكِتَابَيْنِ وسيجي بعدِي قوم يرجعُونَ بِالْقُرْآنِ ترجع الْغِنَاءِ وَالنَّوْحِ لَا يُجَاوِزُ حَنَاجِرَهُمْ مَفْتُونَهٌ قُلُوبُهُمْ وَقُلُوبُ الَّذِينَ يُعْجِبُهُمْ شَأْنُهُمْ» . رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ فِي شعب الْإِيمَان
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qurʼonni arablarning ohanglari va tovushlari bilan oʻqinglar, ishq-muhabbat ahlining ohanglaridan hamda ikki kitob ahlining ohanglaridan saqlaninglar. Mendan keyin bir qavm keladiki, ular Qurʼonni qoʻshiq va yigʻi-noladay hoʻngratib oʻqiydilar; (Qurʼon) ularning tomoqlaridan nariga oʻtmaydi. Ularning qalblari ham, ularning holidan xursand boʻlganlarning qalblari ham fitnaga uchragandir», dedilar. Bayhaqiy «Shuʼab al-iymon»da rivoyat qilgan.