وَعَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمَا أَنَّهُ مَرَّ عَلَى قَاصٍّ يَقْرَأُ ثُمَّ يَسْأَلُ. فَاسْتَرْجَعَ ثُمَّ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «مَنْ قَرَأَ الْقُرْآنَ فليسأل الله بِهِ فَإِنَّهُ سَيَجِيءُ أَقوام يقرؤون الْقُرْآنَ يَسْأَلُونَ بِهِ النَّاسَ» . رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U bir qoriyning yoniga oʻtdiki, u (Qurʼon) oʻqib boʻlgach soʻrab (tilanchilik qila boshladi). Shunda (Imron): «Innaa lillaahi va innaa ilayhi roojiʼuun», dedi va soʻng: «Men Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitganman: ‹Kim Qurʼon oʻqisa, u bilan Allohdan soʻrasin. Chunki yaqinda shunday qavmlar kelurki, ular Qurʼon oʻqib, u bilan odamlardan soʻraydilar (tilaydilar)›», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir, isnodi unchalik (kuchli) emas.