عَن بُرَيْدَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ قَرَأَ الْقُرْآنَ يَتَأَكَّلُ بِهِ النَّاسَ جَاءَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَوَجْهُهُ عظم لَيْسَ عَلَيْهِ لحم» . رَوَاهُ الْبَيْهَقِيّ فِي شعب الْإِيمَان
Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim Qurʼonni odamlar hisobiga kun koʻrish (mol-dunyo topish) uchun oʻqisa, qiyomat kuni yuzi goʻshtsiz suyak holida keladi», dedilar. Bayhaqiy «Shuʼab al-iymon»da rivoyat qilgan.