وَعَنْ مَالِكٍ قَالَ: بَلَغَنِي أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ: «ذَاكِرُ اللَّهِ فِي الْغَافِلِينَ كَالْمُقَاتِلِ خَلْفَ الْفَارِّينَ وَذَاكِرُ اللَّهِ فِي الْغَافِلِينَ كَغُصْنٍ أَخْضَرَ فِي شَجَرٍ يَابِس»
وَفِي رِوَايَةٍ: «مَثَلُ الشَّجَرَةِ الْخَضْرَاءِ فِي وَسَطِ الشَّجَرِ وَذَاكِرُ اللَّهِ فِي الْغَافِلِينَ مَثَلُ مِصْبَاحٍ فِي بَيْتٍ مُظْلِمٍ وَذَاكِرُ اللَّهِ فِي الْغَافِلِينَ يُرِيهِ اللَّهُ مَقْعَدَهُ مِنَ الْجَنَّةِ وَهُوَ حَيٌّ وَذَاكِرُ اللَّهِ فِي الْغَافِلِينَ يُغْفَرُ لَهُ بِعَدَدِ كُلِّ فَصِيحٍ وَأَعْجَمٍ» . وَالْفَصِيحُ: بَنُو آدَمَ وَالْأَعْجَمُ: الْبَهَائِم. رَوَاهُ رزين
Molik (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Menga xabar yetdiki, Rasululloh ﷺ shunday der edilar: «Gʻofillar orasida Allohni zikr qiluvchi — qochayotganlar ortidan jang qilayotgan kishiga oʻxshaydi; gʻofillar orasida Allohni zikr qiluvchi — qurigan daraxtdagi yashil shoxga oʻxshaydi». Boshqa rivoyatda: «Daraxtlar orasidagi yashil daraxtga oʻxshaydi; gʻofillar orasida Allohni zikr qiluvchi — qorongʻu uydagi chirogʻga oʻxshaydi; gʻofillar orasida Allohni zikr qiluvchiga Alloh uning jannatdagi oʻrnini u tirikligida koʻrsatadi; gʻofillar orasida Allohni zikr qiluvchi har bir fasih va aʼjamning soni miqdoricha magʻfirat qilinadi». Fasih — odam bolalari, aʼjam esa hayvonlardir. Razin rivoyat qilgan.