وَعَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ قَالَ: مَا عَمِلَ الْعَبْدُ عَمَلًا أَنْجَى لَهُ مِنْ عَذَابِ اللَّهِ مِنْ ذِكْرِ اللَّهِ. رَوَاهُ مَالِكٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَه
Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Banda Allohni zikr qilishdan koʻra oʻzini Allohning azobidan koʻproq qutqaradigan biror amalni qilmagan», dedi. Molik, Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan.