وَعَنْ أَسْمَاءَ بِنْتِ يَزِيدَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " اسْمُ اللَّهِ الْأَعْظَمُ فِي هَاتَيْنِ الْآيَتَيْنِ: (وَإِلَهُكُمْ إِلَهٌ وَاحِدٌ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الرَّحْمَنُ الرَّحيمُ) وفاتحة (آل عمرانَ) : (آلم اللَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ) رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ وَالدَّارِمِيُّ
Asmo bint Yazid (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Allohning ism ul-aʼzami (ulugʻ ismi) mana shu ikki oyatdadir: {Ilohingiz yagona ilohdir, Undan boshqa iloh yoʻq, U Rahmon va Rahimdir} (Baqara 163) va Oli Imronning boshi: {Alif, Lom, Mim. Alloh — Undan boshqa iloh yoʻq, tirik va (borliqni) tutib turuvchi Zotdir}» (Oli Imron 1-2), dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.