وَعَنْ سَعْدَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: دَعْوَةُ ذِي النُّونِ إِذا دَعَا رَبَّهُ وَهُوَ فِي بَطْنِ الْحُوتِ (لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنْتُ مِنَ الظالمينَ) لَمْ يَدْعُ بِهَا رَجُلٌ مُسْلِمٌ فِي شَيْءٍ إلاَّ استجابَ لَهُ ". رَوَاهُ أَحْمد وَالتِّرْمِذِيّ
Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Zun-Nun (Yunus alayhissalom) baliq qornida turib duo qilganidagi duosi: ‹La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz-zoolimiyn (Sendan boshqa iloh yoʻq, Sen poksan, albatta men zolimlardan boʻldim)› (edi). Hech bir musulmon kishi biror narsa (soʻrab) u bilan duo qilmaydiki, magar Alloh unga ijobat qiladi», dedilar. Muhammad ibn Yahyo aytdi: Muhammad ibn Yusuf bir marta uni Ibrohim ibn Muhammad ibn Saʼddan, u Saʼddan (deb) aytdi. Abu Iso aytdi: Bu hadisni bir necha kishi Yunus ibn Abu Ishoqdan, u Ibrohim ibn Muhammad ibn Saʼddan, u Saʼddan (deb) rivoyat qilgan va unda «otasidan» (degan) qismni zikr qilmaganlar. Baʼzilar esa Yunus ibn Abu Ishoqdan: «Ibrohim ibn Muhammad ibn Saʼddan, u otasidan, u Saʼddan» deb rivoyat qilganlar. Yunus ibn Abu Ishoq bu hadisda baʼzan «otasidan» (deb) zikr qilar, baʼzan zikr qilmas edi.