وَعَنْ بَعْضِ بَنَاتِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يُعَلِّمُهَا فَيَقُولُ: " قُولِي حِينَ تُصْبِحِينَ: سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللَّهِ مَا شَاءَ اللَّهُ كَانَ وَمَا لَمْ يَشَأْ لَمْ يَكُنْ أَعْلَمُ أَنَّ اللَّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ وَأَنَّ اللَّهَ قَدْ أَحَاطَ بِكُلِّ شَيْءٍ عِلْمًا فَإِنَّهُ مَنْ قَالَهَا حِينَ يُصْبِحُ حُفِظَ حَتَّى يُمْسِيَ وَمَنْ قَالَهَا حِينَ يُمْسِي حُفِظَ حَتَّى يصبح ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Bani Hoshimning ozod qilingan quli Abdulhamid rivoyat qilishicha, uning Paygʻambar ﷺ ning qizlaridan baʼzilariga xizmat qilgan onasi unga aytib berdiki, Paygʻambar ﷺ ning qizlaridan biri (roziyallohu anho) unga soʻzlab berdiki, Paygʻambar ﷺ unga oʻrgatib, shunday der edilar: «Tongga yetganingda ayt: ‹Allohni hamdi ila poklab yodga olaman, Allohdan boʻlak quvvat yoʻq, Alloh nimani xohlasa, oʻsha boʻladi, nimani xohlamasa, boʻlmaydi, bilamanki, Alloh har bir narsaga qodirdir va Alloh har bir narsani ilmi ila qamrab olgandir›. Bas, kim ularni tongda aytsa, kechgacha asralur; kim ularni kechda aytsa, tonggacha asralur.»