وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " مَنْ قَالَ حِينَ يَأْوِي إِلَى فِرَاشِهِ: أَسْتَغْفِرُ اللَّهَ الَّذِي لَا إِله إِلا هوَ الحيَّ القيومَ وأتوبُ إِليهِ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ غَفَرَ اللَّهُ لَهُ ذُنُوبُهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ أَوْ عَدَدَ رَمْلِ عَالَجٍ أَوْ عَدَدَ وَرَقِ الشَّجَرِ أَوْ عَدَدَ أَيَّامِ الدُّنْيَا ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ غَرِيب
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Kim oʻrniga yotganda: ‹Astagʻfirullohal-Aziymallaziy la ilaha illa Huval-Hayyal-Qoyyuma va atubu ilayh (Oʻzidan oʻzga iloh yoʻq, tirik va abadiy qoyim boʻlgan ulugʻ Allohdan magʻfirat soʻrayman va Unga tavba qilaman)›, deb uch marta aytsa, gunohlari dengiz koʻpigicha, daraxtlar bargi sonicha, Olij qumlari sonicha va dunyo kunlari sonicha boʻlsa ham, Alloh uning gunohlarini kechiradi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Buni faqat shu yoʻldan, Vassofiy — Ubaydulloh ibn al-Valid hadisidan bilamiz.