وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا لَقِيتُ مِنْ عَقْرَبٍ لَدَغَتْنِي الْبَارِحَةَ قَالَ: " أَمَا لَوْ قُلْتَ حِينَ أَمْسَيْتَ: أَعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللَّهِ التَّامَّاتِ مِنْ شَرِّ مَا خلق لم تَضُرك ". رَوَاهُ مُسلم
Xavla bint Hakim as-Sulamiya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ dan eshitdim, u zot: «Biringiz biror manzilga tushsa: ‹Yaratgan narsalarining yomonligidan Allohning mukammal kalimalari bilan panoh tilayman› desin, chunki undan koʻchib ketguncha unga hech narsa zarar yetkazmaydi», deb aytar edilar. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u: bir kishi Nabiy ﷺ ga kelib: «Yo Rasululloh! Kechasi meni chaqqan chayondan koʻrgan azobimni (bilsangiz)!» dedi. U zot: «Ogoh boʻl, agar kechqurun: ‹Yaratgan narsalarining yomonligidan Allohning mukammal kalimalari bilan panoh tilayman› deb aytganingda, u senga zarar yetkaza olmas edi», dedilar.