وَعَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا كَانَ فِي سَفَرٍ وَأَسْحَرَ يَقُولُ: «سمع سامع يحمد الله وَحسن بلائه علينا وربنا صَاحِبْنَا وَأَفْضِلْ عَلَيْنَا عَائِذًا بِاللَّهِ مِنَ النَّارِ» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ safarda boʻlib, tong saharga yaqinlashganlarida shunday der edilar: «Eshituvchi (zot) bizning Allohga hamdimizni va Uning bizga koʻrsatgan goʻzal neʼmatini eshitsin. Ey Robbimiz, bizga hamroh boʻl va bizga (neʼmatingni) afzal qil. (Men) Allohdan oʻtga (doʻzaxga tushishdan) panoh soʻrovchiman.»