وَعَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا قَفَلَ مِنْ غَزْوٍ أَوْ حَجٍّ أَوْ عُمْرَةٍ يُكَبِّرُ عَلَى كُلِّ شَرَفٍ مِنَ الْأَرْضِ ثَلَاثَ تَكْبِيرَاتٍ ثُمَّ يَقُولُ: «لَا إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كلِّ شيءٍ قديرٌ آيِبونَ تَائِبُونَ عَابِدُونَ سَاجِدُونَ لِرَبِّنَا حَامِدُونَ صَدَقَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَنَصَرَ عَبْدَهُ وَهَزَمَ الْأَحْزَابَ وَحْدَهُ»
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Allohning Rasuli ﷺ gʻazot, haj yoki umradan qaytgan har safar, har bir balandlikka (chiqqanda) uch marta takbir aytar, soʻng: «Laa ilaaha illalloh, vahdahu laa shariyka lah, lahul-mulku va lahul-hamdu va huva alaa kulli shay-in qadiyr. Aayibuna, taaibuna, aabiduna, saajiduna, li-Robbinaa haamiduun. Sadaqallohu vaʼdah, va nasara abdah, va hazamal-ahzaaba vahdah (Allohdan oʻzga (haq) iloh yoʻq, U yagonadir, Uning sherigi yoʻq; mulk Unikidir va hamd Ungadir, U har bir narsaga qodirdir. Biz — (gunohlardan) qaytuvchilar, tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, sajda qiluvchilar va Robbimizga hamd aytuvchilarmiz. Alloh oʻz vaʼdasini rost qildi, oʻz bandasiga yordam berdi va (kofir) guruhlarni yolgʻiz oʻzi tor-mor qildi)», — der edilar.