وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا تَزَوَّجَ أَحَدُكُمُ امْرَأَةً أَوِ اشْتَرَى خَادِمًا فَلْيَقُلْ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَهَا وَخَيْرَ مَا جَبَلْتَهَا عَلَيْهِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَشَرِّ مَا جَبَلْتَهَا عَلَيْهِ وَإِذَا اشْتَرَى بَعِيرًا فليأخُذْ بِذروةِ سنامِهِ ولْيَقُلْ مِثْلَ ذَلِكَ» . وَفِي رِوَايَةٍ فِي الْمَرْأَةِ وَالْخَادِمِ: «ثُمَّ لْيَأْخُذْ بِنَاصِيَتِهَا وَلْيَدْعُ بِالْبَرَكَةِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد وَابْن مَاجَه
Amr ibn Shuayb otasidan, u esa bobosidan (Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhumo) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi. U zot: «Sizlardan biringiz bir ayolga uylansa yoki bir xizmatkor (choʻri) sotib olsa, ‹Allohumma, men Sendan uning yaxshiligini va Sen uni qaysi xulq uzra yaratgan boʻlsang, oʻshaning yaxshiligini soʻrayman; uning yomonligidan va Sen uni qaysi xulq uzra yaratgan boʻlsang, oʻshaning yomonligidan Senga panoh tilayman›, desin. Tuya sotib olsa, uning oʻrkachi uchidan ushlab, xuddi shunday desin», — dedilar. Abu Dovud aytdi: Abu Saʼid (oʻz rivoyatida) ziyoda qildi: «Soʻng (ayol yoki xizmatkorning) peshona sochidan ushlab, baraka tilab duo qilsin» — bu ayol va xizmatkor (choʻri) haqidadir.