وَعَنْ أَبِي بَكْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «دَعَوَاتُ الْمَكْرُوبِ اللَّهُمَّ رَحْمَتَكَ أَرْجُو فَلَا تَكِلْنِي إِلَى نَفْسِي طَرْفَةَ عَيْنٍ وَأَصْلِحْ لِي شَأْنِي كُلَّهُ لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Al-Abbos ibn Abdulaziym va Muhammad ibn al-Musanno bizga aytib berib, dedilar: Bizga Abdulmalik ibn Amr aytib berib, u Abduljaliyl ibn Atiyyadan, u Jaʼfar ibn Maymundan rivoyat qildi. U dedi: Menga Abdurahmon ibn Abu Bakra aytib berdiki, u otasiga: «Ey otajon, men sizning har tonggi paytda: ‹Allohumma ofini fi badani. Allohumma ofini fi samʼi. Allohumma ofini fi basari. Lo iloha illo anta (Ey Alloh! Badanimni sogʻ-salomat qil. Ey Alloh! Qulogʻimni sogʻ-salomat qil. Ey Alloh! Koʻzimni sogʻ-salomat qil. Sendan oʻzga iloh yoʻq)›, deb duo qilayotganingizni eshitaman. Buni tongda uch marta va kechqurun uch marta takrorlaysiz», dedi. Shunda u (otasi): «Men Rasululloh ﷺ shu (kalimalar) bilan duo qilganlarini eshitganman. Shuning uchun men u zotning sunnatlariga ergashishni yaxshi koʻraman», dedi. Abbos oʻz rivoyatida aytdi: «Yana sen: ‹Allohumma inni aʼuzu bika minal-kufri val-faqri. Allohumma inni aʼuzu bika min azabil-qabri. Lo iloha illo anta (Ey Alloh! Men Sendan kufr va faqirlikdan panoh tilayman. Ey Alloh! Men Sendan qabr azobidan panoh tilayman. Sendan oʻzga iloh yoʻq)›, deysan. Buni tongda uch marta va kechqurun uch marta takrorlaysan, ular bilan duo qilasan». (Otasi:) «Shuning uchun men u zotning sunnatlariga ergashishni yaxshi koʻraman», dedi. (Ravoiy) dedi: Rasululloh ﷺ: «Gʻam-anduhga botgan kishining duolari: ‹Allohumma rohmataka arju, fa-lo takilni ilo nafsi torfata aynin, va aslih li shaʼni kullahu, lo iloha illo anta (Ey Alloh! Men Sening rahmatingdan umidvorman, meni bir koʻz yumib ochguncha ham oʻzimga tashlab qoʻyma, mening barcha ishlarimni oʻnglab qoʻy, Sendan oʻzga iloh yoʻq)› dir», dedilar. Ulardan baʼzilari sherigidan ortiq (qoʻshib) rivoyat qiladi.