وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: قَالَ رَجُلٌ: هُمُومٌ لَزِمَتْنِي وَدُيُونٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ: «أَفَلَا أُعَلِّمُكَ كَلَامًا إِذَا قُلْتَهُ أَذْهَبَ اللَّهُ هَمَّكَ وَقَضَى عَنْكَ دَيْنَكَ؟» قَالَ: قُلْتُ: بَلَى قَالَ: " قُلْ إِذَا أَصْبَحْتَ وَإِذَا أَمْسَيْتَ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالْحُزْنِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ غَلَبَةِ الدَّيْنِ وَقَهْرِ الرِّجَالِ ". قَالَ: فَفعلت ذَلِك فَأذْهب الله همي وَقضى عَن ديني. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu) aytadilar: Bir kuni Rasululloh ﷺ masjidga kirdilar. Shunda ansorlardan Abu Umoma deb ataladigan bir kishiga koʻzlari tushdi va: «Ey Abu Umoma, nega seni namoz vaqti boʻlmagan paytda masjidda oʻtirgan holda koʻryapman?», dedilar. U: «Yo Rasululloh, meni qiynayotgan gʻamlar va qarzlar (sababli)», dedi. U zot: «Senga shunday soʻzlarni oʻrgataymi, agar sen ularni aytsang, Alloh azza va jalla gʻamingni ketkazadi va qarzingni ado etadi?», dedilar. U: «Albatta, yo Rasululloh!», dedi. U zot: «Tonggga chiqqaningda va kechqurun bunday degin: ‹Allohumma, men Sendan gʻam va anduhdan panoh soʻrayman, Sendan ojizlik va dangasalikdan panoh soʻrayman, Sendan qoʻrqoqlik va baxillikdan panoh soʻrayman va Sendan qarzning yengib qoʻyishidan hamda kishilarning zoʻravonligidan panoh soʻrayman›», dedilar. (Abu Umoma) aytdi: Men shunday qildim, bas, Alloh azza va jalla gʻamimni ketkazdi va qarzimni ado etdi.