وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: قُلْنَا يَوْمَ الْخَنْدَقِ: يَا رَسُولَ اللَّهِ هَلْ مِنْ شَيْءٍ نَقُولُهُ؟ فَقَدْ بَلَغَتِ الْقُلُوبُ الْحَنَاجِرَ قَالَ: «نَعَمْ اللَّهُمَّ اسْتُرْ عَوْرَاتِنَا وَآمِنْ رَوْعَاتِنَا» قَالَ: فَضَرَبَ اللَّهُ وُجُوهَ أَعْدَائِهِ بِالرِّيحِ وَهَزَمَ اللَّهُ بِالرِّيحِ. رَوَاهُ أَحْمد
Abu Saʼid al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Xandaq (jangi) kunida: «Yo Rasululloh, aytadigan biror narsamiz bormi? Yuraklar (qoʻrquvdan) boʻgʻizlarga yetib qoldi», dedik. U zot: «Ha, ‹Allohim, avratlarimizni (himoyasiz joylarimizni) berkitgin, qoʻrquvlarimizni tinchlikka aylantirgin›, denglar», dedilar. (Rovi) dedi: Bas, Alloh dushmanlarining yuzlariga shamol yubordi va Alloh ularni shamol bilan magʻlub etdi. Ahmad rivoyat qilgan.