وَعَن بُرَيْدَة قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا دَخَلَ السُّوقَ قَالَ: «بِسْمِ اللَّهِ اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذِهِ السُّوقِ وَخَيْرِ مَا فِيهَا وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَشَرِّ مَا فِيهَا اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أُصِيبَ فِيهَا صَفْقَةً خَاسِرَةً» . رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ فِي الدَّعَوَاتِ الْكَبِير
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ kech kirganda bunday der edilar: ‹Biz ham kechga kirdik, mulk ham Allohga (xos boʻlgan holda) kechga kirdi, hamd Allohga xosdir. Yagona Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq. Allohim! Men Sendan bu kechaning yaxshiligini va undagi narsaning yaxshiligini soʻrayman hamda uning yomonligidan va undagi narsaning yomonligidan Senga panoh soʻrayman. Allohim! Men Sendan dangasalikdan, qarilikdan, qariligning yomonligidan, dunyo fitnasidan va qabr azobidan panoh soʻrayman›». Hasan ibn Ubaydulloh dedi: menga Zubayd (Nabiy ﷺ ga) marfuʼ qilib (rivoyat qilib), bunda (quyidagi) ziyodani qoʻshib berdi, u zot bunday dedilar: «‹Yagona Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq, mulk Unikidir, hamd Unikidir, U har narsaga qodirdir›».