وَعَن عمرانَ بنِ حُصينٍ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لأبي: «يَا حُصَيْن كم تعبد الْيَوْم إِلَهًا؟» قَالَ أَبِي: سَبْعَةً: سِتًّا فِي الْأَرْضِ وواحداً فِي السَّماءِ قَالَ: «فَأَيُّهُمْ تَعُدُّ لِرَغْبَتِكَ وَرَهْبَتِكَ؟» قَالَ: الَّذِي فِي السَّمَاءِ قَالَ: «يَا حُصَيْنُ أَمَا إِنَّكَ لَوْ أَسْلَمْتَ عَلَّمْتُكَ كَلِمَتَيْنِ تَنْفَعَانِكَ» قَالَ: فَلَمَّا أَسْلَمَ حُصينٌ قَالَ: يَا رسولَ الله علِّمني الكلمتينِ اللَّتينِ وَعَدتنِي فَقَالَ: «قل اللَّهُمَّ أَلْهِمْنِي رُشْدِي وَأَعِذْنِي مِنْ شَرِّ نَفْسِي» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ mening otamga: «Ey Husayn, bugun nechta ilohga ibodat qilasan?» dedilar. Otam: «Yettita. Oltitasi yerda, bittasi osmonda», dedi. U zot: «Ulardan qaysisini umiding va qoʻrquving uchun tutasan?» dedilar. U: «Osmondagisini», dedi. U zot: «Ey Husayn, agar musulmon boʻlsang, senga foyda beradigan ikkita kalimani oʻrgatgan boʻlardim», dedilar. (Imron) aytdi: Husayn musulmon boʻlganida: «Ey Allohning Rasuli, menga vaʼda qilgan ikkita kalimangizni oʻrgating», dedi. Shunda u zot: «Ayt: ‹Allohim, menga toʻgʻri yoʻlimni ilhom qil va meni nafsimning yomonligidan asra›», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Bu hadis Imron ibn Husayndan boshqa yoʻldan ham rivoyat qilingan.