وَعَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " إِذَا فَزِعَ أَحَدُكُمْ فِي النَّوْمِ فَلْيَقُلْ: أَعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللَّهِ التَّامَّاتِ مِنْ غَضَبِهِ وَعِقَابِهِ وَشَرِّ عِبَادِهِ وَمِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ وَأَنْ يَحْضُرُونَ فَإِنَّهَا لَنْ تَضُرَّهُ «وَكَانَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عَمْرٍو يُعَلِّمُهَا مَنْ بَلَغَ مِنْ وَلَدِهِ وَمَنْ لَمْ يَبْلُغْ مِنْهُمْ كَتَبَهَا فِي صَكٍّ ثُمَّ عَلَّقَهَا فِي عُنُقِهِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيّ وَهَذَا لَفظه
Amr ibn Shuayb otasidan, u bobosidan (Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan) rivoyat qiladiki, Rasululloh ﷺ: «Biringiz uyqusida qoʻrqib ketsa: ‹Aʼuzu bikalimotillohit-tommati min gʻazabihi va iqobihi va sharri ibodihi, va min hamazotish-shayotini va an yahzurun (Allohning gʻazabi, jazosi va bandalarining yomonligidan, shaytonlarning vasvasalaridan va ularning oldimga kelishidan Allohning mukammal kalimalari ila panoh tilayman)›, desin. Zero ular unga zinhor zarar yetkaza olmaydi», dedilar. (Roviy) aytdi: Abdulloh ibn Amr buni voyaga yetgan farzandlariga oʻrgatar, ulardan voyaga yetmaganlari uchun esa uni bir varaqqa yozib, boʻyniga osib qoʻyar edi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir.