عَنِ الْقَعْقَاعِ: أَنَّ كَعْبَ الْأَحْبَارِ قَالَ: لَوْلَا كَلِمَاتٌ أَقُولُهُنَّ لَجَعَلَتْنِي يَهُودُ حِمَارًا فَقِيلَ لَهُ: مَا هُنَّ؟ قَالَ: أَعُوذُ بِوَجْهِ اللَّهِ الْعَظِيمِ الَّذِي لَيْسَ شَيْءٌ أَعْظَمَ مِنْهُ وَبِكَلِمَاتِ اللَّهِ التامَّاتِ الَّتِي لَا يُجاوزُهنَّ بَرٌّ وَلَا فاجرٌ وَبِأَسْمَاءِ اللَّهِ الْحُسْنَى مَا عَلِمْتُ مِنْهَا وَمَا لَمْ أَعْلَمْ مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ وَذَرَأَ وبرأ. رَوَاهُ مَالك
Kaʼb al-Ahbor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Agar men aytadigan (bir necha) kalimalar boʻlmaganida, yahudiylar meni eshak qilib qoʻyardilar», dedi. Undan: «Ular nima?» — deb soʻralganda, u dedi: «‹Oʻzidan buyukroq hech narsa boʻlmagan Allohning ulugʻ Zoti bilan, na yaxshi va na yomon kishi oʻtib keta olmaydigan Allohning mukammal kalimalari bilan hamda Allohning goʻzal ismlari — men bilganim ham, bilmaganim ham — bilan U yaratgan, vujudga keltirgan va paydo qilgan narsalarning yomonligidan panoh soʻrayman›», dedi. Molik rivoyat qilgan.