عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَدْعُو يَقُولُ: «رَبِّ أَعِنِّي وَلَا تُعِنْ عَلَيَّ وَانْصُرْنِي وَلَا تَنْصُرْ عَلَيَّ وَامْكُرْ لِي وَلَا تَمْكُرْ عَلَيَّ وَاهْدِنِي وَيَسِّرِ الْهُدَى لِي وَانْصُرْنِي عَلَى مَنْ بَغَى عَلَيَّ ربِّ اجعَلني لكَ شَاكِرًا لَكَ ذَاكِرًا لَكَ رَاهِبًا لَكَ مِطْوَاعًا لَكَ مُخْبِتًا إِلَيْكَ أَوَّاهًا مُنِيبًا رَبِّ تَقَبَّلْ تَوْبَتِي وَاغْسِلْ حَوْبَتِي وَأَجِبْ دَعْوَتِي وَثَبِّتْ حُجَّتِي وَسَدِّدْ لِسَانِي وَاهْدِ قَلْبِي وَاسْلُلْ سَخِيمَةَ صَدْرِي» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَأَبُو دَاوُد وَابْن مَاجَه
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ shunday deb duo qilar edilar: «Rabbim, menga yordam ber, menga qarshi (boshqaga) yordam berma; menga nusrat ber, menga qarshi nusrat berma; men uchun tadbir qil, menga qarshi tadbir qilma; meni hidoyat qil va hidoyatni menga oson qil; menga zulm qilganlar ustidan menga nusrat ber. Rabbim, meni Senga koʻp shukr qiluvchi, Seni koʻp zikr qiluvchi, Sendan koʻp qoʻrquvchi, Senga koʻp itoat qiluvchi, Senga tavozeʼ koʻrsatuvchi, koʻp ohu-nola qilib (Senga) qaytuvchi qilgin. Rabbim, tavbamni qabul qil, gunohimni yuv, duomni ijobat qil, hujjatimni sobit qil, tilimni toʻgʻri qil, qalbimni hidoyat qil va koʻksimdagi gʻillu-gʻashlikni sugʻurib ol», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.