وَعَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ مِنْ دُعَاءِ دَاوُدَ يَقُولُ: «اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ حُبَّكَ وَحُبَّ مَنْ يُحِبُّكَ وَالْعَمَلَ الَّذِي يُبَلِّغُنِي حُبَّكَ اللَّهُمَّ اجْعَلْ حُبَّكَ أَحَبَّ إِلَيَّ مِنْ نَفْسِي وَمَالِي وَأَهْلِي وَمِنَ الْمَاءِ الْبَارِدِ» . قَالَ: وَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا ذَكَرَ دَاوُدَ يُحَدِّثُ عَنْهُ يَقُولُ: «كَانَ أَعْبَدَ الْبَشَرِ» رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ
Abu Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Dovudning duosidan biri (shu) edi: u: ‹Allohim, men Sendan Oʻzingning muhabbatingni, Seni sevadigan kishilarning muhabbatini va meni Sening muhabbatingga yetkazadigan amalni soʻrayman. Allohim, Oʻzingning muhabbatingni menga oʻzimdan, ahlimdan va sovuq suvdan koʻra suyukliroq qilgin› der edi», dedilar. (Rovi) aytdi: Rasululloh ﷺ Dovudni eslaganlarida, u haqida soʻzlab: «U insonlarning eng obidi edi», deydilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir.