وَعَن عبدِ الله بنِ عَمْروٍ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الصِّحَّةَ وَالْعِفَّةَ والأمانةَ وحُسنَ الْخلق والرضى بِالْقدرِ»
Abu Solih Mahbub ibn Muso bizga aytib berdi: Abu Ishoq al-Fazoriy bizga xabar berib, u Abdulloh ibn Shavzabdan rivoyat qilib aytdi: Omir — yaʼni ibn Abdulvohid — menga, u Ibn Burayda orqali Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qildi. U aytdi: Rasululloh ﷺ biror gʻanimatga erishganlarida, Bilolga buyurar, u esa odamlar orasida nido qilardi. Shunda ular gʻanimatlarini olib kelishar, u zot esa undan beshdan bir ulush ajratib, qolganini taqsimlardilar. Shundan keyin bir kishi qildan toʻqilgan bir noxta (yular) olib kelib: «Ey Allohning Rasuli, bu biz olgan gʻanimatdan edi», dedi. U zot: «Bilolning uch marta nido qilganini eshitganmiding?» dedilar. U: «Ha», dedi. U zot: «Unda buni (oʻz vaqtida) olib kelishingga nima monelik qildi?» dedilar. U esa uzr aytdi. Shunda u zot: «Sen buni qiyomat kuni oʻzing olib kelaversang, men uni sendan hargiz qabul qilmayman», dedilar.