وَعَن أُمِّ مَعْبدٍ قَالَتْ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «اللَّهُمَّ طَهِّرْ قَلْبِي مِنَ النِّفَاقِ وَعَمَلِي مِنَ الرِّيَاءِ وَلِسَانِي مِنَ الْكَذِبِ وَعَيْنِي مِنَ الْخِيَانَةِ فَإِنَّكَ تَعْلَمُ خَائِنَةَ الْأَعْيُنِ وَمَا تُخْفِي الصُّدُورُ» . رَوَاهُمَا الْبَيْهَقِيُّ فِي الدَّعَوَاتِ الْكَبِيرِ
Umm Maʼbad (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning: «Allohim, qalbimni nifoqdan, amalimni riyodan, tilimni yolgʻondan va koʻzimni xiyonatdan poklagin. Zero Sen koʻzlarning oʻgʻrincha nigohini va koʻkraklar yashirgan narsani bilursan», deyayotganlarini eshitdim. Bayhaqiy «ad-Daʼavot al-kabir»da rivoyat qilgan.