وَعَنْ أَنَسٍ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَادَ رَجُلًا مِنَ الْمُسْلِمِينَ قَدْ خَفَتَ فَصَارَ مِثْلَ الْفَرْخِ فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «هَلْ كُنْتَ تَدْعُو اللَّهَ بِشَيْءٍ أَوْ تَسْأَلُهُ إِيَّاهُ؟» . قَالَ: نَعَمْ كُنْتُ أَقُولُ: اللَّهُمَّ مَا كُنْتَ مُعَاقِبِي بِهِ فِي الْآخِرَةِ فَعَجِّلْهُ لِي فِي الدُّنْيَا. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " سُبْحَانَ اللَّهِ لَا تُطِيقُهُ وَلَا تَسْتَطِيعُهُ أَفَلَا قُلْتَ: اللَّهُمَّ آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ ". قَالَ: فَدَعَا الله بِهِ فشفاه الله. رَوَاهُ مُسلم
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ musulmonlardan bir kishini koʻrgani bordilar, u (shu qadar) ozib ketgan ediki, jujaga oʻxshab qolibdi. Rasululloh ﷺ unga: «Sen biror narsa bilan duo qilar, yoki Allohdan biror narsani soʻrar miding?» — dedilar. U: «Ha, men: ‹Allohim, oxiratda menga beradigan jazongni bu dunyoda menga tezlashtirib bergin›, — derdim», — dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Subhanalloh! Sen unga toqat qila olmaysan — yoki: kuching yetmaydi —. Nega: ‹Allohim, bizga bu dunyoda yaxshilik va oxiratda yaxshilik bergin va bizni doʻzax azobidan saqlagin›, — demading?» — dedilar. (Roviy) dedi: Soʻng (Rasululloh ﷺ) Allohga u uchun duo qildilar, shunda (Alloh) unga shifo berdi.