وَحَدَّثَنِي عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُعَاذٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ هِلاَلٍ، عَنْ مُطَرِّفٍ، قَالَ قَالَ لِي عِمْرَانُ بْنُ حُصَيْنٍ أُحَدِّثُكَ حَدِيثًا عَسَى اللَّهُ أَنْ يَنْفَعَكَ بِهِ إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم جَمَعَ بَيْنَ حَجَّةٍ وَعُمْرَةٍ ثُمَّ لَمْ يَنْهَ عَنْهُ حَتَّى مَاتَ وَلَمْ يَنْزِلْ فِيهِ قُرْآنٌ يُحَرِّمُهُ وَقَدْ كَانَ يُسَلَّمُ عَلَىَّ حَتَّى اكْتَوَيْتُ فَتُرِكْتُ ثُمَّ تَرَكْتُ الْكَىَّ فَعَادَ .
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: u (Mutarrifga): «Men senga shunday bir hadis aytib berayki, shoyad Alloh seni u bilan manfaatdor qilsa. Darhaqiqat, Rasululloh ﷺ hajj bilan umrani (birga) qoʻshib qildilar, soʻng u zot vafot etgunlaricha undan qaytarmadilar va bu haqda uni harom qiluvchi (hech qanday) Qurʼon (oyati) ham nozil boʻlmadi. (Bir vaqtlar) menga (farishtalar) salom berar edi, toki men (badanimni) dogʻlamagunimcha; (dogʻlaganimdan keyin esa) tark etildim (salom kelmay qoʻydi), soʻng dogʻlashni tark etdim, shunda (salom) yana qaytdi», dedi.