وَحَدَّثَنَاهُ إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، وَمُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمٍ، كِلاَهُمَا عَنْ وَكِيعٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الْجُرَيْرِيِّ، فِي هَذَا الإِسْنَادِ وَقَالَ ابْنُ حَاتِمٍ فِي رِوَايَتِهِ ارْتَأَى رَجُلٌ بِرَأْيِهِ مَا شَاءَ . يَعْنِي عُمَرَ .
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: u (Mutarrifga): «Men bugun senga shunday bir hadis aytib beraymanki, Alloh u bilan seni bugundan keyin manfaatlantiradi. Bilginki, Rasululloh ﷺ (Zul-hijjaning) oʻninchi (kunlari)da ahllaridan bir guruhini umra qildirdilar. Buni bekor qiluvchi (nosix) oyat nozil boʻlmadi va u zot (dunyodan) oʻtib ketgunlaricha bundan qaytarmadilar ham. (Shundan) keyin har kishi oʻzi xohlaganicha raʼy (fikr) bildirdi», dedi. Ibn Hotim oʻz rivoyatida: «Bir kishi oʻz raʼyi bilan xohlaganicha fikr bildirdi» — deb, Umarni (nazarda tutib) aytdi.