حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمٍ، حَدَّثَنَا رَوْحُ بْنُ عُبَادَةَ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ مُسْلِمٍ الْقُرِّيِّ، قَالَ سَأَلْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ - رضى الله عنهما - عَنْ مُتْعَةِ الْحَجِّ، فَرَخَّصَ فِيهَا وَكَانَ ابْنُ الزُّبَيْرِ يَنْهَى عَنْهَا فَقَالَ هَذِهِ أُمُّ ابْنِ الزُّبَيْرِ تُحَدِّثُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَخَّصَ فِيهَا فَادْخُلُوا عَلَيْهَا فَاسْأَلُوهَا قَالَ فَدَخَلْنَا عَلَيْهَا فَإِذَا امْرَأَةٌ ضَخْمَةٌ عَمْيَاءُ فَقَالَتْ قَدْ رَخَّصَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِيهَا .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Muslim al-Qurriy: «Men Ibn Abbosdan hajdagi tamattuʼ (hajni umradan keyin qilish) haqida soʻradim, u buni ruxsat qildi. Ibn Zubayr esa undan qaytarar edi. Shunda (Ibn Abbos): ‹Mana bu Ibn Zubayrning onasi Rasululloh ﷺ buni ruxsat qilganini soʻzlab beryapti. Uning oldiga kiringlar va undan soʻranglar›, dedi. Biz uning oldiga kirdik, qarasak, u tanasi yirik, koʻzi koʻr ayol ekan. U: ‹Albatta, Rasululloh ﷺ buni ruxsat qilgan›, dedi», dedi.