وَحَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُعَاذٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، حَدَّثَنَا مُسْلِمٌ الْقُرِّيُّ، سَمِعَ ابْنَ عَبَّاسٍ، - رضى الله عنهما - يَقُولُ أَهَلَّ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِعُمْرَةٍ وَأَهَلَّ أَصْحَابُهُ بِحَجٍّ فَلَمْ يَحِلَّ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَلاَ مَنْ سَاقَ الْهَدْىَ مِنْ أَصْحَابِهِ وَحَلَّ بَقِيَّتُهُمْ فَكَانَ طَلْحَةُ بْنُ عُبَيْدِ اللَّهِ فِيمَنْ سَاقَ الْهَدْىَ فَلَمْ يَحِلَّ .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy ﷺ umraga niyat qilib (talbiya aytdilar), sahobalari esa hajga niyat qilib (talbiya aytdilar). Nabiy ﷺ ham, sahobalaridan qurbonlik (hadiy) molini haydab kelganlar ham ehromdan chiqmadilar, qolganlari esa ehromdan chiqdilar. Talha ibn Ubaydulloh qurbonlik molini haydab kelganlardan boʻlgani uchun ehromdan chiqmadi».