حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ أَيُّوبَ، وَقُتَيْبَةُ، وَابْنُ، حُجْرٍ جَمِيعًا عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ جَعْفَرٍ، - قَالَ ابْنُ أَيُّوبَ حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، - أَخْبَرَنِي الْعَلاَءُ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " أَلاَ أَدُلُّكُمْ عَلَى مَا يَمْحُو اللَّهُ بِهِ الْخَطَايَا وَيَرْفَعُ بِهِ الدَّرَجَاتِ " . قَالُوا بَلَى يَا رَسُولَ اللَّهِ . قَالَ " إِسْبَاغُ الْوُضُوءِ عَلَى الْمَكَارِهِ وَكَثْرَةُ الْخُطَا إِلَى الْمَسَاجِدِ وَانْتِظَارُ الصَّلاَةِ بَعْدَ الصَّلاَةِ فَذَلِكُمُ الرِّبَاطُ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Sizlarga Alloh u (sabab)li xatolarni (gunohlarni) oʻchiradigan va u (sabab)li darajalarni koʻtaradigan narsani koʻrsatmaymi?» dedilar. Ular: «Ha (koʻrsating), ey Allohning Rasuli» dedilar. (Paygʻambar): «Mashaqqatlarga (qaramay) tahoratni mukammal (asbagʻ) qilish, masjidlar tomon (qoʻyiladigan) qadamlarning koʻpligi va (bir) namozdan keyin (yana boshqa) namozni kutish — ana shu — ribot (sarhadda navbatchilik kabi savobli amal)dir», dedilar.