حَدَّثَنَا عَمْرٌو النَّاقِدُ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ حَنْظَلَةَ، الزُّرَقِيِّ أَنَّهُ سَمِعَ رَافِعَ بْنَ خَدِيجٍ، يَقُولُ كُنَّا أَكْثَرَ الأَنْصَارِ حَقْلاً - قَالَ - كُنَّا نُكْرِي الأَرْضَ عَلَى أَنَّ لَنَا هَذِهِ وَلَهُمْ هَذِهِ فَرُبَّمَا أَخْرَجَتْ هَذِهِ وَلَمْ تُخْرِجْ هَذِهِ فَنَهَانَا عَنْ ذَلِكَ وَأَمَّا الْوَرِقُ فَلَمْ يَنْهَنَا .
Rofiʼ ibn Xadij (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Biz ansorlarning eng koʻp ekinzorlik (yer)iga ega edik. Biz yerni: bu (qismi hosili) bizniki, u (qismi) ularniki, degan shartda ijaraga berar edik. Baʼzan bu (qism) hosil berar, u (qism) hosil bermas edi. Shunda (Rasululloh ﷺ) bizni bundan qaytardilar. Ammo kumush (evaziga ijaraga berish)dan bizni qaytarmadilar».