حَدَّثَنِي أَبُو غَسَّانَ الْمِسْمَعِيُّ، حَدَّثَنَا مُعَاذٌ، - يَعْنِي ابْنَ هِشَامٍ - حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ زُرَارَةَ بْنِ أَوْفَى، عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ، أَنَّ رَجُلاً، عَضَّ ذِرَاعَ رَجُلٍ فَجَذَبَهُ فَسَقَطَتْ ثَنِيَّتُهُ فَرُفِعَ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَأَبْطَلَهُ وَقَالَ " أَرَدْتَ أَنْ تَأْكُلَ لَحْمَهُ " .
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: bir kishi boshqa bir kishining bilagini tishladi. (Tishlangan kishi) qoʻlini tortib oldi va shu bilan (tishlovchining) oldingi tishi tushib ketdi. Soʻng (bu masala) Nabiy ﷺ huzurlariga koʻtarildi. U zot uni (daʼvoni) bekor qildilar va: «Sen uning goʻshtini yemoqchi boʻldingmi?» dedilar.