وَحَدَّثَنَاهُ عَمْرُو بْنُ زُرَارَةَ، أَخْبَرَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ أَخْبَرَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ، بِهَذَا الإِسْنَادِ نَحْوَهُ .
Yaʼlo ibn Umayya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: men Nabiy ﷺ bilan birga Tabuk gʻazotiga chiqdim. Yaʼlo: «Oʻsha gʻazot mening nazdimda eng ishonchli amalim edi», — der edi. Yaʼlo dedi: mening bir yollangan ishchim bor edi, u bir kishi bilan urushib qoldi-da, ulardan biri ikkinchisining qoʻlini tishlab oldi. Tishlangan kishi qoʻlini tishlaganning ogʻzidan tortib oldi va uning ikki old tishidan birini sugʻurib oldi. Shunda ikkovi Nabiy ﷺ huzuriga kelishdi, u zot (tishlaganning) tishini (qasos va diyatsiz) bekor qildilar.