حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، قَالَ قَرَأْتُ عَلَى مَالِكٍ عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ امْرَأَتَيْنِ، مِنْ هُذَيْلٍ رَمَتْ إِحْدَاهُمَا الأُخْرَى فَطَرَحَتْ جَنِينَهَا فَقَضَى فِيهِ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِغُرَّةٍ عَبْدٍ أَوْ أَمَةٍ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Huzayl (qabilasi)dan boʻlgan ikki ayolning biri ikkinchisini (toshboʻron qilib) urgan, natijada (oʻsha ayol) homilasini (boʻlajak bolasini) tashlab yuborgan edi. Shunda Nabiy ﷺ uning (homilaning) haqida bir qul yoki choʻri (berilishi) bilan hukm qildilar.