وَحَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا لَيْثٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنِ ابْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِي، هُرَيْرَةَ أَنَّهُ قَالَ قَضَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي جَنِينِ امْرَأَةٍ مِنْ بَنِي لِحْيَانَ سَقَطَ مَيِّتًا بِغُرَّةٍ عَبْدٍ أَوْ أَمَةٍ ثُمَّ إِنَّ الْمَرْأَةَ الَّتِي قُضِيَ عَلَيْهَا بِالْغُرَّةِ تُوُفِّيَتْ فَقَضَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِأَنَّ مِيرَاثَهَا لِبَنِيهَا وَزَوْجِهَا وَأَنَّ الْعَقْلَ عَلَى عَصَبَتِهَا .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Banu Lihyondan boʻlgan bir ayolning oʻlik tushgan homilasi haqida bir qul yoki choʻri (berilishi) bilan hukm qildilar. Soʻng oʻsha ayol — kim haqida gʻurra (qul yoki choʻri) berilishi hukm qilingan boʻlsa, oʻsha — vafot etdi. Shunda Rasululloh ﷺ uning merosi oʻgʻillariga va eriga (tegishli) ekani, diyat esa uning asaba (otatomondan qarindosh)lari zimmasiga boʻlishi bilan hukm qildilar.